Hokim murojaatlarni shaxsan hal qildi

Date:

Fuqarolar murojaatlari bilan manzilli ishlash va aholining dolzarb muammolarini tezkor bartaraf etish — viloyat rahbariyati faoliyatining muhim ustuvor yo‘nalishi. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov navbatdagi shaxsiy qabulni o‘tkazdi.
Qabulda viloyatning turli shahar va tumanlaridan kelgan 19 nafar fuqaro tomonidan 21 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Fuqarolar uy-joy, yer masalalari, bandlik, ijtimoiy yordam va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolarini bayon etdilar.

Hokim har bir murojaatni shaxsan tinglab, tegishli idoralar rahbarlari bilan birgalikda muhokama qildi. Natijada 4 ta murojaat qabul jarayonida ijobiy hal etildi. Qolgan 17 ta masalani chuqur o‘rganib, qonuniy asosda hal etish va murojaatchilarga javob qaytarish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi hamda ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Ushbu qabul aholining qonuniy manfaatlarini ta’minlash va davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun