Mahorati yoshlarga ibrat

Date:

Xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilayotgan yosh sportchilar safida Jarqo‘rg‘on tumani vakili Bobur Yusupov ham yuksak natijasi bilan e’tirof etildi.

Iordaniyaning Amman shahrida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida -55 kg vazn toifasida bahs olib borgan Bobur Yusupov musobaqani muvaffaqiyatli yakunlab, kumush medal sohibiga aylandi.

Mazkur muvaffaqiyat nafaqat sportchining mehnati va mahorati, balki mamlakatimizda yoshlar sportini rivojlantirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi. Jarqo‘rg‘on farzandining ushbu yutug‘i yosh sportchilar uchun ham katta motivatsiya manbai hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun