Zamonaviy klinika ish boshladi

Date:

Aholini sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish, sog‘liqni saqlash infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Bu yo‘nalishdagi navbatdagi muhim loyiha Qumqo‘rg‘on tumanida hayotga tatbiq etildi.

Tumanning “Yangi shahar” mahallasida yangi bunyod etilgan “Sifat Med” xususiy klinikasi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan muassasada 25 nafar malakali shifokor va o‘rta tibbiyot xodimi faoliyat yuritib, aholiga diagnostika hamda davolash xizmatlarini ko‘rsatadi.

3 milliard 500 million so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan ushbu klinika tuman aholisining zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, xizmat sifati va qulayligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bunyodkorlik ishlari qizgʻin pallada

Qishloq hududlarida zamonaviy ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va maktabgacha ta’lim...

Mahorati yoshlarga ibrat

Xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilayotgan yosh sportchilar...

Qulay va zamonaviy ta’lim muhiti yaratiladi

Ta’lim muassasalarini zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash va qishloq hududlarida...

Zamonaviy klinika ish boshladi

Aholini sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish,...
KunTun
KunTun