Qulay va zamonaviy ta’lim muhiti yaratiladi

Date:

Ta’lim muassasalarini zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash va qishloq hududlarida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda. Bu boradagi muhim loyihalardan biri Muzrabot tumanida amalga oshirilmoqda.

“Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida Darband mahallasidagi 39-sonli umumta’lim maktabida rekonstruksiya ishlari yakuniy bosqichga yetdi. Loyiha asosida maktab uchun 120 o‘rinli zamonaviy qo‘shimcha o‘quv binosi hamda 50 o‘rinli oshxona barpo etildi.

Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Alisher Amirov va tuman hokimi Abdulla Mamatqulov qurilish jarayonini ko‘zdan kechirib, ishlarni belgilangan standartlar asosida tez fursatda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan mazkur obyekt o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish, maktabning qamrov imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun