Soliq imtiyozlarini olish yanada osonlashdi

Date:

Fuqarolar uchun davlat xizmatlarini raqamlashtirish va byurokratik to‘siqlarni qisqartirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam tashlandi. Endilikda jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha imtiyozlarni masofadan turib, elektron tarzda rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-iyuldagi 389-son qaroriga muvofiq, fuqarolar soliq imtiyozlaridan foydalanish uchun Elektron soliq xizmatlari portali yoki my.gov.uz orqali ariza yuborishlari mumkin.

Arizalar soliq organlari tomonidan mavjud ma’lumotlar asosida 2 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Yakuniy qaror esa yana 1 ish kuni ichida fuqaroning shaxsiy kabinetiga elektron tarzda yuboriladi. Agar murojaat rad etilsa, kamchiliklarni bartaraf etib, qayta ariza topshirish imkoniyati saqlanib qoladi.

Yangi tartib soliq imtiyozlarini olish jarayonini soddalashtirish, qog‘ozbozlikni kamaytirish hamda fuqarolarga davlat xizmatlaridan tez va qulay foydalanish imkonini yaratishi bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun