Yoʻl chiziqlari yangilandi

Date:

Qulay va xavfsiz yo‘l infratuzilmasini yaratish yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda muhim omil hisoblanadi. Shu maqsadda Qumqo‘rg‘on tumanida M41 xalqaro avtomobil yo‘lining tuman markazidan o‘tgan qismida tungi vaqtda yo‘l chiziqlari yangilandi.

Qumqo‘rg‘on tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi xodimlari tomonidan zamonaviy maxsus yo‘l bo‘yoqlari yordamida chizilgan yangi yo‘l belgilari transport vositalari va piyodalarning xavfsiz hamda tartibli harakatlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Hududda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va harakat xavfsizligini yanada mustahkamlashga qaratilgan bunday ishlar belgilangan reja asosida izchil davom ettirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun