Oʻquvchilar sayohatga yo‘l oldi

Date:

Yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda dunyoqarashini kengaytirishda ma’rifiy sayohatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda Surxondaryo viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bir guruh iqtidorli va faol o‘quvchilari “O‘quvchi-yoshlarni muzeylarga ma’rifiy sayohati” loyihasi doirasida ikki kunlik safar bilan Toshkent shahriga yo‘l oldilar.

Sayohat davomida o‘quvchilar “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Islom sivilizatsiyasi markazi hamda poytaxtning boshqa tarixiy va madaniy maskanlarida bo‘lib, xalqimizning boy merosi va buyuk ajdodlarimizning jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasi bilan yaqindan tanishadilar.

Mazkur loyiha yoshlarning tarixga qiziqishini oshirish, vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash va ma’naviy kamolotini yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Sayohat ishtirokchilarining xavfsizligi va qulayligi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun