Finalda g‘olib kim?

Date:

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va iqtidorini namoyon etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalari izchil o‘tkazilmoqda. Ana shunday bellashuvlardan biri Termiz shahrida bo‘lib o‘tdi.

“Mahalla ligasi” musobaqasining Surxondaryo viloyati hududiy final bosqichida shahar va tumanlarda saralangan jamoalar shaxmat, shashka, vorkaut, stol tennisi, voleybol, stritbol va mini futbol yo‘nalishlarida o‘zaro kuch sinashdi.

Musobaqada Termiz tumani vakillari ham munosib ishtirok etib, sovrinli natijalarga erishdi. Xususan, stol tennisi bahslarida Mustaqillik mahallasidan Akmal Qorayev hamda M. Eshtemirov mahallasidan Maxfuza Xayitqulova 1-o‘rinni egallab, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Mazkur natijalar yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish va mahallalarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish borasidagi ishlar samarasi sifatida baholanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun