Sportchilarimiz bo‘sh kelmadi

Date:

“Besh tashabbus paralimpiadasi” nogironligi bo‘lgan yoshlarning sport salohiyatini namoyon etish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish va iqtidorini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. Respublika bosqichi yakunlari Qumqo‘rg‘on tumani sportchilari uchun ham muvaffaqiyatli bo‘ldi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra, tuman vakillari 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 3 ta medalni qo‘lga kiritdi. Parabadminton bahslarida Neftchilar mahallasidan Faxriddin To‘laganov kumush medal sohibiga aylangan bo‘lsa, To‘g‘on mahallasidan Oygul Qudratova bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Parashaxmat musobaqalarida esa Yangihayot mahallasidan Dilshoda Xayitova faxrli 3-o‘rinni egallab, Qumqo‘rg‘on delegatsiyasi hisobiga yana bir bronza medalni taqdim etdi.

Sportchilarning ushbu natijalari tumanda paralimpiya sportini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar samarasi sifatida e’tirof etilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun