Yangi tashabbuslar ilgari surildi

Date:

Bugungi kunda xorijiy tajriba va zamonaviy bilimlarni yurt taraqqiyotiga yo‘naltirish, iqtidorli yoshlar bilan hamkorlikni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan surxondaryolik yoshlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida yoshlar ta’lim olayotgan davlatlaridagi ilg‘or tajribalar, innovatsion loyihalar hamda viloyat rivojiga xizmat qiladigan tashabbuslarini taqdim etdi. Bildirilgan takliflar muhokama qilinib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv xorijda bilim olayotgan yoshlar bilan doimiy aloqalarni rivojlantirish, ularning salohiyati va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda viloyat taraqqiyotiga jalb etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun