Javobgarlik qayta ko‘rib chiqiladi

Date:

O‘zbekistonda davlat xizmatlarini soddalashtirish va fuqarolar uchun qulayliklarni oshirishga qaratilgan islohotlar davom etmoqda. Shu maqsadda pasport va ID-kartani yo‘qotish bilan bog‘liq ma’muriy javobgarlikni qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

Prezident qaroriga muvofiq, uch oy ichida amaldagi qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Ular biometrik pasport, ID-karta va yashash guvohnomasini yo‘qotish holatlarida ma’muriy javobgarlikni qayta ko‘rib chiqishni nazarda tutadi.

Shuningdek, hujjatlarni qayta rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlardagi ma’lumotlar o‘zgarganda ularni avtomatik yangilash hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yangi xizmatlarni joriy etish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, qaror doirasida ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, notarial va elektron davlat xizmatlari hamda reklama sohasidagi huquqiy tartib-taomillarni takomillashtirish bo‘yicha ham qator yangiliklar amalga oshiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun