MyGov orqali taqiqlanadi

Date:

O‘zbekistonda mulk egalarining huquqlarini yanada ishonchli himoya qilish va noqonuniy bitimlarning oldini olishga qaratilgan yangi mexanizm joriy etiladi. Endilikda fuqarolar va tadbirkorlar o‘z mulkiga nisbatan cheklovni masofadan turib o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Prezidentning 15-iyuldagi qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-oktyabrdan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar MyGov portali orqali o‘ziga tegishli avtomototransport vositalari hamda ko‘chmas mulkni sotish, hadya qilish yoki garovga (ipotekaga) qo‘yishni taqiqlashi va zarurat tug‘ilganda ushbu taqiqni bekor qilishi mumkin bo‘ladi.

Jismoniy shaxslar taqiqni Face-ID orqali shaxsini tasdiqlagan holda rasmiylashtiradi. Yuridik shaxslar esa bu jarayonni muassislar (ishtirokchilar yoki aksiyadorlar) umumiy yig‘ilishi qarori asosida elektron raqamli imzo orqali amalga oshiradi.

Yangi tartib mulk bilan bog‘liq firibgarlik holatlarining oldini olish, mulkdorlar manfaatlarini himoya qilish hamda davlat xizmatlarini yanada raqamlashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun