Rahbarni sun’iy intellekt tanlaydimi?

Date:

O‘zbekistonda zamonaviy boshqaruv tizimini shakllantirish va malakali rahbarlar zaxirasini yaratish bo‘yicha yangi bosqich boshlanmoqda. Endilikda rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni tanlashda sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (Big Data) va raqamli texnologiyalarga asoslangan baholash tizimi joriy etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan yangi tizimga ko‘ra, nomzodlar 100 ballik mezon asosida bilim, kasbiy tajriba, strategik fikrlash, psixologik xususiyatlar va liderlik salohiyati bo‘yicha baholanadi. Har bir nomzod uchun sun’iy intellekt yordamida individual kasbiy rivojlanish rejasi ishlab chiqiladi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda investitsiyalar hajmi va zamonaviy korxonalar sonining ortishi malakali boshqaruv kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni keskin oshirmoqda. Tahlillar natijasida 50 dan ortiq zamonaviy kasblar bo‘yicha yuqori malakali rahbarlarga talab mavjudligi aniqlangan.

Yangi tizim dastlab qishloq xo‘jaligi, oliy ta’lim va qurilish sohalarida sinov tariqasida joriy etiladi. Shuningdek, har ikki yilda 500 nafar istiqbolli boshqaruvchi saralanib, 2030 yilgacha 1,5 ming nafar yuqori salohiyatli mutaxassisdan iborat milliy rahbar kadrlar zaxirasi shakllantiriladi.

Bundan tashqari, rahbarlik lavozimlari uchun “Top-100” ochiq tanlovini tashkil etish, “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish hamda xorijda tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi. Prezident kadrlarni saralashda ochiqlik, xolislik va iste’dodli mutaxassislarni tizimli qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun