Roziliksiz reklama SMSlari taqiqlanadi

Date:

2026-yil 1-noyabrdan boshlab fuqarolarga ularning roziligisiz reklama mazmunidagi SMS-xabarlar yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu Prezidentning davlat xizmatlarini takomillashtirishga qaratilgan qarorida belgilandi.

Yangi tartibga ko‘ra, reklama SMSlari faqat abonentning yozma yoki elektron roziligi olinganidan keyin yuborilishi mumkin. Shuningdek, reklama qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarlarini tarqatuvchi tashkilotlar o‘z axborot tizimlarini Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazishi shart bo‘ladi.

Qaror bilan reklama qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarlarini soat 18:00 dan 09:00 gacha yuborish ham taqiqlandi. Bundan tashqari, mobil aloqa operatorlari abonent talabiga ko‘ra reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarlarini to‘liq yoki qisman bloklash imkoniyatini ta’minlaydi.

Yangi talablar fuqarolarning shaxsiy hayoti daxlsizligini himoya qilish, keraksiz reklama xabarlarini kamaytirish hamda shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun