Tabiat himoyasi kuchaytirildi

Date:

Anomal issiq ob-havo sharoitida Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va biologik xilma-xillikni asrashga qaratilgan profilaktik tadbirlar kuchaytirildi.

Bog‘ hududida yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan maydonlar doimiy nazoratga olinib, yovvoyi hayvonlar va qushlarning suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida mavjud suv manbalari kuzatilib, zarur joylarda qo‘shimcha suvlash nuqtalari tashkil etildi.

Shuningdek, tog‘li hududlarda yashovchi aholi o‘rtasida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va tabiiy boyliklarni asrash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Bunday choralar yoz mavsumida ekotizimni asrash va ehtimoliy talafotlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun