Sho‘rchi tumanilik mirishkor dehqon Xolboy Qurbonov bu yil ham tomorqasidagi hosili bilan e’tibor qozonmoqda. Ayni paytda uning parvarishidagi oshqovoqlar 32 kilogrammgacha vazn to‘plagan bo‘lib, kuzga borib 40 kilogramga yetishi kutilmoqda.
Xolboy Qurbonov bundan avval, 2022 yilda 35 kilogramlik oshqovoq yetishtirib, ko‘pchilikni hayratga solgan edi. Bu galgi natija esa mehnat, tajriba va to‘g‘ri agrotexnik yondashuv orqali yanada yuqori ko‘rsatkichga erishish mumkinligini namoyon etmoqda.
Bunday misollar nafaqat dehqonning shaxsiy yutug‘i, balki tomorqadan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligida ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va mehnatga munosabatning amaliy samarasini ko‘rsatishi bilan ham ahamiyatlidir.

