Yaponlar Surxondaryoga qiziqmoqda

Date:

Xalqaro “Boysun bahori” festivali Yaponiyaning yetakchi axborot agentliklaridan biri — Kyodo Tsushin sahifalarida yoritilib, Surxondaryoning sayyohlik salohiyatini yana bir bor xalqaro auditoriyaga namoyish etdi.

Agentlik muxbiri Nana Kunieda festival taassurotlari asosida tayyorlagan maqolada Boysunning qizillolalarga burkangan tog‘lari, baxshichilik an’analari, milliy hunarmandchilik va asrlar davomida saqlanib kelayotgan madaniy merosi alohida e’tirof etilgan.

Nufuzli xorijiy OAVdagi bunday yorituvlar nafaqat hududning turistik jozibasini targ‘ib qiladi, balki Yaponiyadan Surxondaryoga bo‘lgan qiziqish va sayyohlar oqimini oshirishga ham xizmat qilmoqda. Bu esa viloyatning etnoturizm va madaniy turizm yo‘nalishidagi xalqaro nufuzini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib bormoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun