Yangi tartiblar tushuntirildi

Date:

Surxondaryoda Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi xodimlari uchun davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimidagi yangilanishlarga bag‘ishlangan nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Unda 2026-yil 1-iyuldan kuchga kirgan yangi tartib va tamoyillar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda ularning amaliyotdagi ahamiyati haqida ma’lumot berildi.

Mashg‘ulot davomida yangi mexanizmlarni to‘g‘ri qo‘llash, tizim samaradorligini oshirish va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur tadbir ijtimoiy sug‘urta sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning bilimini yangilash va aholiga yanada samarali xizmat ko‘rsatish uchun muhim amaliy qadam bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun