Bolalar ta’limi uchun yangi imkoniyat

Date:

Bolaning ilk ta’lim muhiti uning kelajakdagi rivojida muhim o‘rin tutadi. Shu bois zamonaviy va qulay maktabgacha ta’lim maskanlarini ko‘paytirish jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan muhim yo‘nalishlardan biridir.

Sariosiyo tumani Yoqutli bog‘ mahallasida 240 o‘rinli 41-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Yangi muassasaning ochilish marosimida tuman hokimi Odiljon Yaqubov, soha mutasaddilari, ota-onalar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Qiymati 7 milliard 800 million so‘m bo‘lgan loyiha “Binokor Foziljon Baraka” xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirildi. Bog‘chada zamonaviy oshxona, musiqa zali, o‘yin maydonchalari, mashg‘ulotlar uchun tashqi ayvonlar hamda bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

Yangi ta’lim maskani mahalladagi maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirib, bolalar uchun qulay muhit, ota-onalar uchun esa qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun