“Surxon yulduzi” iste’dodlarni kashf etmoqda

Date:

Yosh iste’dodlarni izlab topish va ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash milliy madaniyat rivojining muhim omillaridan biridir. Shu maqsadda hududlarda o‘tkazilayotgan ijodiy tanlovlar yoshlar uchun o‘z qobiliyatini namoyon etish va yangi imkoniyatlarga ega bo‘lish maydoniga aylanmoqda.

Oltinsoy tumanidagi “Oqarbuloq” madaniyat markazida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tashabbusi bilan tashkil etilayotgan “Surxon yulduzi” viloyat iste’dodlari ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda tumandagi iqtidorli yoshlar va san’at ixlosmandlari o‘z ijodiy chiqishlari bilan ishtirok etib, mahoratlarini namoyish etdilar. Tanlov yosh iste’dodlarni kashf etish, ularni rag‘batlantirish hamda Surxon san’ati va madaniy merosini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun