Xavfsizlik — mas’uliyat

Date:

Yo‘l harakati xavfsizligi faqat qoidalarga rioya qilish emas, balki har bir insonning hayoti va salomatligini asrashga xizmat qiladigan muhim mas’uliyatdir. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” targ‘ibot avtokarvoni bugun Boysun tumanida tashkil etildi.

Tadbir davomida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari haydovchilar, piyodalar va boshqa yo‘l harakati ishtirokchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, transport vositalarini mas’uliyat bilan boshqarish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berdi.

Targ‘ibot davomida yo‘llarda o‘zaro hurmat, hushyorlik va mas’uliyat madaniyatini shakllantirish xavfsiz harakatning eng muhim omili ekani alohida ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun