Fuqarolik jamiyati rivoji — samarali hamkorlikdan boshlanadi

Date:

Fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtiroki davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash, dolzarb ijtimoiy masalalarga samarali yechim topishda muhim o‘rin tutadi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi PF–124-son Farmoni ijrosiga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi. Muloqot davomida fuqarolik jamiyati institutlarining salohiyatini oshirish, davlat tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklikni kengaytirish, grant loyihalarini ishlab chiqish va tanlovlarda faol ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida sohada uchrayotgan muammolarni bartaraf etish, nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha amaliy kelishuvlarga erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun