Vaqtincha cheklov bor

Date:

Surxondaryoda kuzatilayotgan jazirama issiq sabab avtomobil yo‘llari qoplamasini asrash bo‘yicha vaqtinchalik choralar ko‘rilmoqda.

Havo harorati 42–44 darajagacha ko‘tarilayotgan sharoitda asfalt qoplamasi kuchli qizib, og‘ir yuk avtomobillari bosimi ta’sirida deformatsiyalanishi mumkin. Shu bois Termiz shahri, tuman markazlari hamda ularni bog‘lovchi umumiy foydalanishdagi yo‘llarda og‘ir yuk mashinalari harakati har kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha vaqtincha cheklanadi.

Mazkur tartib yo‘llarning xizmat muddatini uzaytirish, qoplamalarni saqlash va kelgusida ta’mirlash xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan.

Haydovchilar hamda yuk tashuvchi tashkilotlardan belgilangan vaqt talablariga rioya qilishlari va tashuvlarni ushbu tartib asosida rejalashtirishlari so‘raladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun