Tashabbusdan taraqqiyot sari

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Yangi usul” mahallasida aholi faolligi yana bir bor amaliy natijaga aylandi. “Tashabbusli budjet” loyihasida ketma-ket ikkinchi marotaba g‘olib bo‘lgan mahallada navbatdagi infratuzilma loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida 4 kilometr ichki yo‘l zamonaviy asfalt qoplamasi bilan ta’mirlanmoqda. Yangilanayotgan yo‘llar aholining kundalik harakatlanishini yengillashtirib, mahalla obodligi va qulayligini oshirishga xizmat qiladi.

Bu natija faqat qurilish ishlari emas, balki mahalla ahlining bir maqsad yo‘lida birlashgani, o‘z hududi kelajagiga befarq emasligining yorqin ko‘rinishidir. “Tashabbusli budjet” orqali fuqarolar tanlagan tashabbuslar bosqichma-bosqich real o‘zgarishlarga aylanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun