Kuchlilar aniqlandi

Date:

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tizim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan futbol musobaqasining final bosqichi murosasiz va qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi.

Boshqarma boshlig‘i kubogi uchun kurashgan jamoalar har bir uchrashuvda g‘alabaga bo‘lgan intilish, chaqqonlik va jamoaviy hamjihatlikni namoyon etdi. Maydondagi har bir bahs xodimlarning nafaqat sport mahorati, balki birdamlik va sog‘lom raqobat ruhini ham aks ettirdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — Jarqo‘rg‘on tumani jamoasi;
2-o‘rin — Muzrabot tumani jamoasi;
3-o‘rin — Angor tumani jamoasi.

Musobaqa davomida jamoalar o‘zaro hurmat, intizom va sportga bo‘lgan qiziqishni namoyon etib, mazkur tadbirning ko‘tarinki ruhda o‘tishini ta’minladi.

G‘olib va sovrindor jamoalar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur sport tadbiri xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda jamoalar o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun