Raqamli texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bugungi kunda kiberxavfsizlikni ta’minlash har bir sohada dolzarb vazifalardan biridir. Ayniqsa, harbiy tizimda axborot xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda Termiz garnizonida kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. Unda Surxondaryo viloyati IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi mutaxassislari, Janubiy operativ qo‘mondonlik Kiberxavfsizlik markazi mas’ullari hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
Mashg‘ulot davomida zamonaviy kiberxatarlar, internet firibgarligi, axborot xavfsizligi talablari va shaxsiy ma’lumotlarni ishonchli himoya qilish masalalari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Yakunda ishtirokchilar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

