50 ta yangi ish o‘rni yaratildi

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, xizmatlar sifatini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan yana bir muhim loyiha hayotga tatbiq etildi.

Tumanda zamonaviy “YI SHI JIE” savdo markazi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Yangi savdo markazi ishga tushishi natijasida 50 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Bu mahalliy aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda hudud iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Savdo markazida xaridorlar uchun zamonaviy va qulay savdo hamda xizmat ko‘rsatish sharoitlari yaratilgan bo‘lib, sifatli mahsulot va xizmatlarni bir manzilda taqdim etish yo‘lga qo‘yildi. Mazkur loyiha tumanda tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish va investitsion jozibadorlikni oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun