Yaponiya tajribasi ommalashtiriladi

Date:

Xalqaro hamkorlikni kengaytirish va ilg‘or sport tajribalarini joriy etish O‘zbekistonda dzyudo sportini yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu maqsadda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi delegatsiyasi Yaponiyada amaliy uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Tashrif doirasida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi hududiy federatsiyalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Yuldashev hamda Surxondaryo viloyati dzyudo federatsiyasi raisi To‘lqin Valiyev Kokushikan universiteti rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi.

Uchrashuvda qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish, O‘zbekiston hududiy dzyudo federatsiyalariga yaponiyalik mutaxassislarni jalb qilish hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Mazkur hamkorlik o‘zbek dzyudochilari mahoratini oshirish, xalqaro tajribani ommalashtirish va sportning ushbu turini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun