Xalqaro ilmiy hamkorlik rivojlantiriladi

Date:

Bugungi globallashuv sharoitida ilm-fan va ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik yangi bilim va innovatsiyalarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xorijiy olimlar bilan tajriba almashinuvi esa ilmiy salohiyatni oshirish va qo‘shma loyihalarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Pokistonning Karachi universiteti professori Kamran Azim hamda NED Muhandislik va texnologiya universiteti doktori Atif Mustafo ishtirokida xalqaro ilmiy seminar tashkil etildi.

Seminarda tabiiy asaldagi biofaol oqsillar, suv resurslarini barqaror boshqarish, ekologik yechimlar va zamonaviy muhandislik yondashuvlari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, ilmiy tajriba almashinuvi, qo‘shma tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida akademik almashinuv dasturlari hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Mazkur seminar ilm-fan va ta’lim sohasidagi xalqaro aloqalarni mustahkamlash, innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun