Kitobxonlik — ruhlantiradi

Date:

    Kutubxona azal-azaldan xalqning maʼnaviy xazinasi, ilm-fan va tafakkur markazi sifatida jamiyat taraqqiyotida alohida oʻrin tutib kelgan. Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida kitob va bilim yuksalishning eng muhim omili boʻlib xizmat qilgan. Zero, kitob insonni komillikka yetaklaydi, qalbini boyitadi, dunyoqarashini kengaytiradi va uni ezgu maqsadlar sari ruhlantiradi.
     Bugungi kunda mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, kutubxona tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilib, elektron kutubxonalar tizimi kengaymoqda, aholi, ayniqsa yoshlar uchun yanada qulay sharoyitlar yaratilmoqda.

    Bu esa xalqimizning ma’naviy yuksalishiga xizmat qilmoqda.  Uzun tuman Axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik — jamiyat taraqqiyotining ma’naviy poydevori” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi. Seminar-trening — bu nazariy bilimlar va amaliy mashgʻulotlarni birlashtiradigan ta’lim shaklidir.

      Ushbu seminar-treningda soha boʻyicha mahorat darslari oʻtildi. Mashg‘ulotlar ta’lim va kasbiy rivojlanishda muhim ahamiyata ega boʻlib, nazariy bilimlarni amaliy koʻnikmalar bilan uygʻunlashtirishga xizmat qilishi kerak. Mana shunday seminar-trening koʻproq oʻtkazilib turilsa, fikr-mulohazalar almashadi, bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlanishiga sabab boʻladi.

N.Jo‘rayeva,

Uzun tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun