Yoshlar motivatsiya oldi

Date:

Xalq o‘yinlari va zamonaviy sport turlari yoshlarni jismonan chiniqtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bilan birga, ularga milliy qadriyatlar ruhini singdirib, sport orqali zavq va motivatsiya bag‘ishlaydi.

Termiz shahridagi Sport maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida xalq o‘yinlari va vorkaut sport turi bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqalari o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlaridan saralangan jamoalar o‘zaro kuch sinashib, chaqqonlik, matonat va sport mahoratini namoyon etdilar.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Eng kuchli ishtirokchilar “Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika bosqichida Surxondaryo viloyati sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

Mazkur musobaqalar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sportga qiziqishini oshirish va sog‘lom avlodni voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun