Ezgu tashabbusga yo‘l ochildi

Date:

Yangi tadbirkorlik subyektlarining ishga tushirilishi nafaqat iqtisodiy faollik va bandlikni oshiradi, balki jamiyatda saxovat va mehr-oqibat kabi ezgu qadriyatlarning yanada mustahkamlanishiga ham xizmat qiladi.

Angor tumanining Yangi turmush mahallasida bunyod etilgan “Baxt qasri” tantanalar saroyi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Tadbirkor tashabbusi bilan amalga oshirilgan loyiha doirasida yangi ish o‘rinlari yaratilib, mahalliy aholi bandligini ta’minlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi.

Ochilish marosimi munosabati bilan “Ijtimoiy reyestr”da ro‘yxatda turgan 10 nafar bola uchun sunnat to‘yi tashkil etildi. Bu esa yangi maskan faoliyatini xayrli va savobli ish bilan boshlab, tadbirkorlikning ijtimoiy mas’uliyatini amalda namoyon etdi.

Mazkur loyiha hududda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda jamiyatda mehr-oqibat va saxovat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun