Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olinadi

Date:

Davlat boshqaruvida shaffoflik va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish korrupsiyaga qarshi kurashning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda O‘zbekistonda sobiq davlat xizmatchilarini ishga qabul qilishda yangi nazorat tartibi joriy etildi.

Endilikda davlat organi yoki tashkilotida ishlagan shaxs ishdan bo‘shaganidan keyin ikki yil davomida o‘zi nazorat qilgan tashkilotga ishga qabul qilinishidan avval avvalgi ish joyining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasidan majburiy xulosa olinadi.

Ichki nazorat bo‘linmasi nomzod bo‘yicha ijobiy, cheklovli ijobiy yoki salbiy xulosa beradi. Xulosa olinmagan yoki salbiy baho berilgan hollarda nomzodni ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, xulosa yuzasidan norozi bo‘lgan fuqarolar yuqori turuvchi tashkilot yoki Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga murojaat qilish huquqiga ega.

Mazkur tartib davlat xizmatida halollik, ochiqlik va xolislik tamoyillarini mustahkamlash, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish hamda korrupsiyaviy xavflarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun