Zo‘ravonga jazo bor

Date:

Senatning 17-yalpi majlisida bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan muhim qonun ma’qullandi. Unga ko‘ra, 6 ta kodeks va 13 ta qonunga bolalar huquqlari va manfaatlarini yanada ishonchli himoya qilishga xizmat qiluvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Endilikda ta’lim muassasalarida voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik, kamsitish yoki tahqirlash holatlari uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilanadi. Shuningdek, pedagogik faoliyati davomida bolalarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar bir yil davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlay olmaydi.

Qonun bilan davlat yoki nodavlat muassasasida to‘liq ta’minotda bo‘lgan bola uchun ota-onaning aliment to‘lash majburiyati saqlab qolinadi. Bundan tashqari, yetim hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga tarbiyaga berishda ularning yaqin qarindoshlari ustuvor huquqqa ega bo‘ladi.

Mazkur qonun bolalarning qadr-qimmati, daxlsizligi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha huquqiy kafolatlarni mustahkamlash, ular uchun yanada xavfsiz va mehribon muhitni shakllantirishda muhim qadam hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Millat Shavkati” — tarixiy xotira va milliy o‘zlik haqida

Kitob — millatning tarixiy xotirasi, ma’naviy tajribasi va bugungi...

Obod mahalla sari ezgu tashabbus

Mahalla obodligi, avvalo, shu hududda yashayotgan aholining daxldorligi va...

Muammoga manzilli yondashuv

Mahallalarda aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish, bandlikni ta’minlash...

Yong‘in xavfsizligi — muhim talab

Qurilish jarayonida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish inson hayoti...
KunTun
KunTun