“Yuksalish” yuksalmoqda

Date:

Aholining bevosita ishtiroki bilan amalga oshirilayotgan tashabbusli budjet loyihalari hududlarni obod etish va dolzarb muammolarni hal etishning samarali mexanizmiga aylanmoqda. Bu kabi tashabbuslar fuqarolarning fikri amaliy natijaga aylanishini ta’minlamoqda.

Qumqo‘rg‘on tumanining Yuksalish mahallasida 2026-yil 1-mavsum g‘olibi bo‘lgan loyiha doirasida 3,2 kilometrdan ortiq ichki yo‘llar asfaltlashtirilmoqda. Mahalla aholisining faol ovozi va tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu bunyodkorlik ishlari yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, harakat xavfsizligini oshirish hamda aholiga yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.

Mazkur loyiha tashabbusli budjet tizimi fuqarolarning ehtiyoj va takliflarini amaliy yechimga aylantirishda muhim vosita ekanini yana bir bor namoyon etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun