Soliq keshbeki tizimi yangilanadi

Date:

Soliq tizimida raqamli texnologiyalar keng joriy etilayotgani nazorat samaradorligini oshirish bilan birga, mavjud rag‘batlantirish mexanizmlarini ham qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Shu munosabat bilan xaridorlarga beriladigan 1 foizlik soliq keshbeki tizimini takomillashtirish taklifi ilgari surildi.

Tahlillarga ko‘ra, soliq keshbeki dastlab fuqarolarda fiskal chek talab qilish madaniyatini shakllantirishda muhim rol o‘ynagan. Biroq bugungi kunda sun’iy intellekt, Big Data, onlayn nazorat-kassa mashinalari va elektron hisobvaraq-fakturalar imkoniyatlari kengaygani sababli ommaviy keshbek o‘rniga manzilli rag‘batlantirish tizimiga o‘tish maqsadga muvofiq ekani ta’kidlanmoqda.

Taklifga ko‘ra, umumiy ovqatlanish, kichik chakana savdo kabi soliq xavfi yuqori bo‘lgan sohalarda cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazgan xaridorlar o‘rtasida avtomobil, sayohat yo‘llanmalari va boshqa qimmatbaho sovrinlar yutug‘i bilan davlat lotereyalari tashkil etilishi mumkin.

Mutaxassislar fikricha, bunday yondashuv byudjet mablag‘larini sezilarli darajada tejash, soliq nazoratini yanada samarali yo‘lga qo‘yish hamda rag‘batlantirish tizimini zamonaviy raqamli iqtisodiyot talablariga moslashtirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun