QR-kodli ruxsatnoma bo‘lsa kifoya

Date:

Raqamli texnologiyalarni davlat xizmatlariga keng joriy etish fuqarolar uchun qulaylik yaratish, shaffoflikni ta’minlash va inson omilini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda 1-avgustdan boshlab O‘zbekistonda jarima maydonchasidan transport vositasini olib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi.

Endilikda avtomobillar faqat QR-kodli elektron ruxsatnoma asosida chiqariladi. Ruxsatnoma vakolatli organ tomonidan “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi. Tizim Soliq qo‘mitasi axborot bazalari bilan integratsiya qilinib, avtomobillarning kirish-chiqishi, davlat raqam belgisi va to‘lovlar elektron tarzda nazorat qilinadi.

Shuningdek, jarima maydonchasi operatorlari uchun ham qat’iy talablar belgilandi. Belgilangan tartibni buzgan yoki hisob-kitoblarni axborot tizimi orqali yuritmagan operatorlarga jarima qo‘llanadi, qoidabuzarlik takrorlangan taqdirda esa ular bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinishi mumkin.

Yangi tartib jarayonlarning ochiqligini ta’minlash, korrupsion holatlarning oldini olish hamda fuqarolarga yanada tezkor va qulay xizmat ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun