Termizda xalqaro konferensiya boshlandi

Date:

Ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy merosni chuqur o‘rganish va uni xalqaro miqyosda targ‘ib etish Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’rifiy islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bu boradagi xalqaro ilmiy muloqotlar ilm-fan rivoji va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Shu maqsadda Termiz shahrida “Termiz hadis maktabi: allomalar merosi va zamonaviy tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya o‘z ishini boshladi. Tadbir “I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li” doirasida tashkil etilib, unda 10 dan ortiq davlatdan taniqli ulamolar, muftiylar, olimlar hamda davlat va jamoat arboblari ishtirok etmoqda.

Konferensiya Termiz hadis maktabining boy ilmiy merosini chuqur tadqiq etish, islom ma’rifatini keng targ‘ib qilish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim maydon sifatida e’tirof etilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun