Mahallalarda suv ta’minoti yaxshilanmoqda

Date:

Aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash hududlar infratuzilmasini rivojlantirish hamda fuqarolar turmush farovonligini oshirishning muhim omillaridan biridir. Shu maqsadda Angor tumanida ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Prezidentning tegishli qarori ijrosi doirasida Gilambob, Xomkon va Yuqori Tallashqon mahallalarida zamonaviy ichimlik suvi tarmoqlari barpo etilib, aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash uchun zarur infratuzilma yaratilmoqda.

Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ichimlik suvi ta’minoti sifatini yaxshilash, qulay yashash sharoitlarini yaratish hamda hudud aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Zamonaviy agrotexnologiya — yuqori hosil garovi

Qishloq xo‘jaligida suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, hosildorlikni...

Ishlar jadallashmoqda

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, aholi uchun qulay yashash va...

Diyorbek saralashdan o‘tdi

Yoshlarning xalqaro ta’lim va rivojlanish dasturlaridagi muvaffaqiyati ularning salohiyati,...

Mahallalarda suv ta’minoti yaxshilanmoqda

Aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash hududlar...
KunTun
KunTun