Diyorbek saralashdan o‘tdi

Date:

Yoshlarning xalqaro ta’lim va rivojlanish dasturlaridagi muvaffaqiyati ularning salohiyati, bilimga intilishi hamda yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlarning amaliy natijasidir.

Bandixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi Diyorbek Uralov nufuzli SwapUp Summer Camp 2026 dasturiga saralashdan muvaffaqiyatli o‘tib, to‘liq moliyalashtirilgan (Fully Funded) ishtirokchi sifatida qabul qilindi. Toshkent shahrida o‘tkazilgan xalqaro dasturda Markaziy Osiyoning eng faol va iqtidorli yoshlari liderlik, akademik tajriba almashish hamda madaniyatlararo hamkorlikka qaratilgan mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.

Mazkur yutuq yoshlarimiz xalqaro maydonda ham o‘z bilim va salohiyatini munosib namoyon etayotganining yana bir yorqin isboti bo‘lib, yigit-qizlarni yangi marralarni zabt etishga ruhlantiruvchi muhim natija hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Har bir xonadon daromadli bo‘lishi kerak

Denov tumanida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida aholi bandligini...

Murosa va muloqot — oilaviy barqarorlik omili

Oiladagi kelishmovchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish,...

Tabiatga e’tibor — amaliy tashabbuslarda

Atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish faqat targ‘ibot bilan...

Yashil hududlar kengaytirilmoqda

Yo‘l infratuzilmasini obodonlashtirish bilan birga, uning atrofida yashil hududlarni...
KunTun
KunTun