YPX tekshiruvlari: asl nusxasi talab etiladi

Date:

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ma’lumotlarga ishonishdan oldin rasmiy manbalarga tayanish muhim. Ayniqsa, yo‘l harakati qoidalari va hujjatlar bilan bog‘liq tartiblar bo‘yicha noto‘g‘ri talqinlar fuqarolar uchun noqulay vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati 2025-yil 1-iyuldan boshlab ayrim hujjatlarning elektron shakli rasman tan olinishi haqidagi xabarlarga izoh berib, transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilar YPX xodimlariga biometrik pasport yoki ID-kartaning asl nusxasini taqdim etishi shartligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, elektron hujjatlar davlat xizmatlari, banklar, notarial idoralar va boshqa qator tashkilotlarda qo‘llaniladi. Biroq yo‘l-patrul xizmati tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi talab etiladi. Shu bilan birga, haydovchi yonida pasport yoki ID-karta mavjud bo‘lsa, haydovchilik guvohnomasi, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish hujjati va ayrim boshqa hujjatlarni alohida olib yurishi talab etilmaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun