Ajrimlarning oldi olindi

Date:

Mustahkam oila jamiyat barqarorligi va farovonligining muhim tayanchi hisoblanadi. Shu bois oilaviy nizolarni bartaraf etish, ajrimlarning oldini olish hamda murosani qaror toptirishga qaratilgan amaliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

Qiziriq tumanida viloyat hokimligi va viloyat sudi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda sud tizimi vakillari, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi mutasaddilari, oqila ayollar, nuroniylar, mahalla imomlari, otinoyilar hamda ichki ishlar organlari xodimlari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, mavjud muammolar va kelishmovchiliklar sabablari o‘rganildi. Ishtirokchilarga huquqiy va psixologik tavsiyalar berilib, oilalarni yarashtirishda milliy qadriyatlar, nuroniylarning hayotiy tajribasi hamda ma’naviy-axloqiy yondashuvlardan samarali foydalanildi.

Mazkur tashabbus oilalarda totuvlikni mustahkamlash, ajrimlar sonini kamaytirish va sog‘lom oilaviy muhitni qaror toptirish yo‘lidagi muhim amaliy qadamlardan biri bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Chaqar”da tibbiy ko‘rik

Aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika tadbirlarini...

Bolajonlar uchun yangi imkoniyat

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarga sifatli ta’lim va tarbiya...

Zamonaviy agrotexnologiya — yuqori hosil garovi

Qishloq xo‘jaligida suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, hosildorlikni...

Ishlar jadallashmoqda

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, aholi uchun qulay yashash va...
KunTun
KunTun