Tenglik tamoyillari mustahkamlanadi

Date:

Mehnat munosabatlarida xavfsiz, hurmatga asoslangan va kamsitishlardan xoli ish muhitini yaratish bugungi islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Shu maqsadda Mehnat kodeksiga xodimlarning huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan yangi normalar kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasiga ko‘ra, ish joylarida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmasligi Mehnat kodeksida alohida norma sifatida mustahkamlanadi.

Shuningdek, mehnat sohasida kamsitish belgilari ro‘yxati kengaytirilib, unga terining rangi va siyosiy qarashlar kabi mezonlar ham kiritilmoqda. Mazkur o‘zgarishlar xodimlarning huquqlarini yanada ishonchli himoya qilish, mehnat munosabatlarida tenglik tamoyillarini mustahkamlash hamda zamonaviy va adolatli ish muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun