Mehnatga munosib e’tibor

Date:

Davlat tomonidan tibbiyot xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir muhim imkoniyat yaratildi. Endilikda uzoq yillar fidokorona mehnat qilgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uy-joy xarid qilishda davlat ko‘magidan foydalanishlari mumkin.

Kamida 15 yillik ish stajiga ega davlat tibbiyot muassasalari xodimlariga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olish uchun dastlabki badalning bir qismini qoplash maqsadida subsidiya ajratiladi.

Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi. Subsidiyadan har bir oila faqat bir marta foydalanishi mumkin, talabgorlar esa onlayn tanlov asosida saralanadi. Bu tizim uy-joyga ehtiyojmand va tajribali tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun