Muammolar tinglandi, tashabbuslar qoʻllandi

Date:

Yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash maqsadida Termiz garnizonida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda o‘tkazilgan uchrashuvda Surxondaryo viloyati prokurori Baxtiyor Bobojonov hamda Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i, polkovnik Mirsaid Shukurov yoshlar bilan samimiy suhbat qurdi.

Muloqot davomida yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar harbiy qismda yaratilgan sharoitlar, zamonaviy qurol-aslaha namunalari, kutubxona va muzey faoliyati bilan tanishib, harbiy xizmatning mazmun-mohiyati haqida yaqindan tasavvurga ega bo‘ldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun