84 ta obyekt tadbirkorlik va bandlikka xizmat qiladi

Date:

Muzrabot tumanida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi uchun zamonaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan yana bir yirik loyiha foydalanishga topshirildi.

“Do‘stlik” mahallasida bunyod etilgan 84 ta zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish obyektining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Abdulla Mamatqulov, nuroniylar, tadbirkorlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, mazkur majmua yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan savdo va xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Ochilish marosimi ramziy lenta kesish bilan davom etdi, mehmonlar yangi obyektlarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun