Sherobod yoshlari g‘olib

Date:

Yo‘l harakati qoidalarini puxta biladigan, mas’uliyatli va hushyor yoshlarni tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Ana shu maqsadda o‘tkazilayotgan “Yashil chiroq” ko‘rik-tanlovi o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Termiz shahridagi 14-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Yashil chiroq” ko‘rik-tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan maktab jamoalari 8 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Sherobod tumani jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, viloyat g‘olibi bo‘ldi. Mazkur natija yoshlarning yo‘l harakati qoidalariga oid bilimlari va jamoaviy hamkorlikdagi tayyorgarligi yuksak darajada ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun