Iqtidor va qiziqish uyg‘unlikda…

Date:

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan amaliy tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu maqsadda Muzrabot tumanidagi “Kelajak” markazi xodimlari va bir guruh o‘quvchilar “Beshbuloq” yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida tashkil etilgan “Mohir qo‘llar” hamda “Kasblar kuni” tadbirlarida faol ishtirok etdi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tasviriy san’at, tikuvchilik, rassomlik, kulolchilik kabi kasblar bilan yaqindan tanishib, o‘z qiziqish va iste’dodlarini namoyon etdilar. Shuningdek, Muzrabot tumanining “Turon” teatri va “Iqtidor” ansambli jamoalari badiiy chiqishlari bilan tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Bu kabi tashabbuslar yoshlarning kasbiy qiziqishi, ijodiy tafakkuri va ma’naviy kamolotini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun