Chempionatdan 7 ta medal

Date:

Andijon viloyatida Karate WKF yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida Uzun tumani Bolalar va o‘smirlar sport maktabi qoshidagi “Zubayir” karate klubi sportchilari munosib natijalarni qayd etdi.

Musobaqada ishtirok etgan 12 nafar sportchining 7 nafari sovrindorlar safidan joy olib, tumanning sport salohiyati va yosh karatechilarning puxta tayyorgarligini yana bir bor namoyon etdi.

Chempionatda Islomova Munisa, Karimova Mubina va Allamurodov Nurmuhammad oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Olimjonov Sardorbek kumush, Nazaraliyev Muhammadali, Qalandarov Muhammad hamda Erkinov Madamin bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Yosh sportchilarning ushbu muvaffaqiyati nafaqat Uzun tumani, balki viloyat sporti rivoji uchun ham muhim yutuq bo‘lib, kelajakda xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan iste’dodlar safi kengayib borayotganidan dalolat beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun