Hududlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va aholi bandligini oshirishga xizmat qiladigan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov boshchiligida Mehrigiyoh va Olmazor mahallalarini tutashtiruvchi ochiq kollektorning 300 metrlik qismini yopish orqali yangi tadbirkorlik obyektlarini tashkil etish imkoniyatlari o‘rganildi.
Shuningdek, hududda faoliyat yuritayotgan “Xojiakabar Zamon” MChJning qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishildi. Hokim yordamchisi tavsiyasi asosida ajratilgan 100 million so‘mlik kredit hisobiga faoliyatini kengaytirayotgan korxonada bugungi kunda 10 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan.
Tashrif davomida ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

